Lyrics

Yangrar dilim qo'shig'i Menman gulim oshig'i Edim muhabbat xastasi Nafasim dard guldastasi Oshiqman Sho'x eding, beg'am edim Dard eding alam edim Kuyingda men sado edim Ko'yingda men ado edim Layloyimsan, daryoyimsan Orzuyimda ro'yoyimsan Yuragim sof havosi sen Oshufta qalb navosi sen Men oshig'ing, majnuningman Ham umrbod maftuningman Majnun-u Layli bexabar Kezadurman, oh darbadar Mast-u, parishon-u, xarob Har orzuim bo'lib sarob Shoyadki, oxir-oqibat Tiriltirsa bas muhabbat Bo'lib ishq ovorasi Sevgidan qalbim porasi Eding saodat shodasi Beg'ubor ko'ngil bodasi Oshiqman Moh eding, osmon edim Gul eding, bo'ston edim Kuyingda men sado edim Ko'yingda men ado edim Layloyimsan, daryoyimsan Orzuyimda ro'yoyimsan Yuragim sof havosi sen Oshufta qalb navosi sen Men oshig'ing, majnuningman Ham umrbod maftuningman Majnun-u Layli bexabar Kezadurman, oh darbadar Mast-u, parishon-u, xarob Har orzuim bo'lib sarob Shoyadki, oxir-oqibat Tiriltirsa bas muhabbat
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out