Lyrics

Ajab sirlar, ajab sirlar... Ajab sirlar bormish subhi saboda, Umr avj etarmish oqar daryoda, Umid yulduzlari porlar samoda, Men baxtim topgayman qay dilraboda? Bizni ham sevguvchi bordur dunyoda... Oshiqlar orzusi o'xshash bo'larmish, Taqdir bir biriga tutash bo'larmish, Ko'ngillarda o'chmas otash bo'larmish, A'lo bo'lar emish ahdu vafoda. Bizni ham sevguvchi bordur dunyoda... Inson iqbol uchun, baxt uchun yashar, Mehrga intilsa, sevsa yarashar, Bir kun o'tli, shaydo ko'zlar qarashar, Murodin ko'rarmish o'shal barnoda. Bizni ham sevguvchi bordur dunyoda... Ajab sirlar, ajab sirlar... Ajab sirlar bormish subhi saboda, Umr avj etarmish oqar daryoda, Oqar daryoda, oqar daryoda...
Writer(s): Ziyoda Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out