Lyrics

Hayolan har kechda sizga boradi Sochingiz taraydi qo'llari yolg'iz Asli yolg'izlikning yolg'izdir yori Sevgisini sizga aytolmagan qiz Dardlarini tinglab tebranar rayhon Iforin mast qilgan shamoli hayron O'jar ko'ngil bir yon vujudi biryon Sevgisini sizga aytolmagan qiz Sizga taxtlar tutgay uning dil ko'shki Saratonda salqin ilingan ashki Jilovlab yashaydi dil uqmas rashkin Sevgisini sizga aytolmagan qiz Atamaslar uni badavlat malak Davlati yo'q axir ko'nglidan bo'lak Hatto tushingizga kirmasa kerak Sevgisini sizga aytolmagan qiz Dil rozin ozi so'zmi bir og'iz Shuni ayttirmaydi g'urur yalmog'iz Sizning hotir bilan yashaydi yolg'iz Sevgisini sizga aytolmagan qiz
Writer(s): Hilola Hamidova Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out