Lyrics

Soyang edim, izlaringdan ayrildim, Ayrildim, ayrildim sendan gulim. Ne taqdirki, ko'zlaringdan ayrildim, Ayrildim, ayrildim, ayro yo'lim. Hamroh endi xayollar, Ertak endi visollar, Chorlar bo'ldi izlaring Mensiz qaysi tomonlar? Unutolmasam, ko'nikolmasam, Bir seni desa yuragim. Yo'qotdim qay on, men bilmay xayron, Sensizlik yomon, keragim, sevgilim. Soyang edim, izlaringdan ayrildim, Ayrildim, oh, ayrildim sendan gulim. Ne taqdirki, ko'zlaringdan ayrildim, Ayrildim, ayrildim, ayro yo'lim. Dard qo'shildi dardimga, Visoling nasib kimga? Ayriliqning zarbidan Kelolmayman o'zimga. Unutolmasam, ko'nikolmasam, Bir seni desa yuragim. Yo'qotdim qay on, men bilmay xayron, Sensizlik yomon, keragim, sevgilim. Soyang edim, izlaringdan ayrildim, Ayrildim, oh, ayrildim sendan gulim. Ne taqdirki, ko'zlaringdan ayrildim, Ayrildim, ayrildim, ayro yo'lim.
Writer(s): Bahrom Nazarov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out