Lyrics

Munis, ma'sum, mehri zilol, Poyi jannat, ahli ayol. Sizlar borki, sevgi bordir, Sizlar borki, dillar bahor. Chin vafo sizda bisyor, Siz onasiz, sizsiz gulyor. Qayda axir yorsiz lazzat? Qayda axir qizsiz yoryor? Munis, ma'sum, mehri zilol, Poyi jannat, ahli ayol. Sizlar borki, sevgi bordir, Sizlar borki, dillar bahor. Bir qo'lda dunyo, dunyo tortgan, Bir qo'lda beshik, beshik tutgan. Tun mahal oyni, oyni belab, Tongda quyosh uyg'otgan. Shundan sizning poyingizga Ahli erkak boshin eggan. Munis, ma'sum, mehri zilol, Poyi jannat, ahli ayol. Sizlar borki, sevgi bordir, Sizlar borki, dillar bahor.
Writer(s): Bahrom Nazarov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out