Lyrics

Dildora Niyozova Jigarlarim Sog'inch faqat bolalikka atalganmi? Diydor esa suratlarga qadalganmi? Inson faqat ishlash uchun yaralganmi? Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim. Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim. Taskin topib bo'larmikan telefonda? Bir diydorga nima yetsin bu zamonda? Har kun bo'lmasada, mayli onda-sonda Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim. Har kun bo'lmasada, onda-sonda, Bir yig'ilib, ko'rishaylik, jigarlarim. Jigarlarim, oh mening jigarlarim, Sog'intirganlarim-ey, sog'inganlarim. Jigarlarim, oh mening jigarlarim, Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim. Ota bo'lib, ota qadrin bilayabmiz, Ona bo'lib – Ona dardin bilayabmiz. Ular kabi biz ham bugun g'animatmiz, Keling, tez-tez ko'rishaylik, jigarlarim. Keling, tez-tez ko'rishaylik, jigarlarim. Taskin topib bo'larmikan telefonda? Bir diydorga nima yetsin bu zamonda? Har kun bo'lmasada, mayli onda-sonda Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim. Har kun bo'lmasada, onda-sonda, Bir yig'ilib, ko'rishaylik, jigarlarim. Jigarlarim, oh mening jigarlarim, Sog'intirganlarim-ey, sog'inganlarim. Jigarlarim, oh mening jigarlarim, Keling, bugun ko'rishaylik, jigarlarim.
Writer(s): Dildora Niyozova Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out