Lyrics

Rizqi-ro'z ishqida bir joni halak, Mag'ribu-mashriqni kezar jonsarak. Oila sha'nini tutib turguvchi, Tosh o'tmas qo'rg'oni bo'larkan erkak. Umidi uzilsa qoshi-hiloldan, Mehr ko'rmasa gar sohibjamoldan, Xudo nasib etmasa jufti-haloldan, Sarg'ayib-sarg'ayib so'narkan erkak. {} Yuragi qonini tuproqqa qorib, Imorat solarkan yog'ochlar yorib. Uzun kechalarda Haqqa yolvorib, Farzandiga iqbol tilarkan erkak. {} Umr o'tar, kelar turnalar qaytib, Eski dardlar qalbin tirnalar qaytib, Ayoli dardini yig'lasa aytib, Zor yig'lab, yolg'ondan kularkan erkak. {} Umr o'taverar bag'rini o'yib, Musibat qiynaydi, bepichoq so'yib. Ayolin ko'ksiga boshini qo'yib, Goho tik oyoqda o'larkan erkak. {} Rizqi-ro'z ishqida bir joni halak, Mag'ribu-mashriqni kezar jonsarak. Oila sha'nini tutib turguvchi, Tosh o'tmas qo'rg'oni bo'larkan erkak.
Writer(s): Janob Rasul Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out