Lyrics

Gohida kuy ishqi qilganda xumor, Sho'ng'ib ketsam goho ohu-nolamga, Vayron kulbasida nimaiki bor, Onam menga tutar, men-chi bolamga. Vayron kulbasida nimaiki bor, Onam menga tutar, men-chi bolamga. Jovdiraydi sarflab barcha imkonin, Qo'yib bersang, tutar kaftida jonin, Suprasini qoqib, eng so'nggi nonin Onam menga tutar, men-chi bolamga. Suprasini qoqib, eng so'nggi nonin Onam menga tutar, men-chi bolamga. Men halakman o'gil-qizim erkalab, Quvonaman har bir yutug'in sanab. Bechora tin bilmas kechmi, ertalab, Onam menga tutar, men-chi bolamga. Qayda yursa maqtar men dilbandini, Elga ko'rk bo'lar deb shu farzandini. To'ydan niyat qilib olgan qandini Onam menga tutar, men-chi bolamga. To'ydan niyat qilib olgan qandini Onam menga tutar, men-chi bolamga. To'ydan kech qaytsam-u turmay ertalab, Uxlasam, boshimda sochlarim silab, Nimadir kaftida, qo'li qaltirab, Onam menga tutar, men-chi bolamga. Nimadir kaftida, qo'li qaltirab, Onam menga tutar, men-chi bolamga. {} Eh, besh kunlik dunyodan izlayman malham, Yiqilsam, yonimda hamdamim onam. Qaniydi, qaniydi onamdek mard bo'lib men ham, Butun topganimni onamga tutsam. {} Ushbu qo'shiq matni uchun Shahnoza
Writer(s): Janob Rasul Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out