Lyrics

Azizim, ko'k ichra hiloling bo'lib, Kelsang – gul, kelmasang madoring bo'lib, Hayol ichra topgan haloling bo'lib, Bir yorug' o'ylardan seni tiladim. Azizim, eng shirin hayoling bo'lib, Vaslingga talpingan ozoring bo'lib, Yor bo'lib bir senga, ham zoring bo'lib, Bir og'riq o'ylardan seni tiladim. Sevgilim, sog'ingan timsoling bo'lib, Tushlaringdan so'rgan savoling bo'lib, Aldasang-avrasang, uvoling bo'lib, Ishonib seni bir baxtdan so'radim. Azizim, tilagim tillolar bo'ldi, Nigohing, nigohing olovlar bo'ldi, Ishq degan boshimga balolar bo'ldi, Anbari bo'ylardan seni tiladim. Azizim, Shoh edim, gadolar bo'ldim, Jon edim, joningga fidolar bo'ldim, Sen menga boqmasang, adolar bo'ldim, Bir hazin kuylardan seni tiladim. Sevgilim, sog'ingan timsoling bo'lib, Tushlaringdan so'rgan savoling bo'lib, Aldasang-avrasang, uvoling bo'lib, Ishonib seni bir baxtdan so'radim.
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out