Lyrics

Zar beshikka quyosh belandi Shoshma! – deb oy tongga elandi Tunu kunlar shunday ulandi Oqayotir yillar anhori Qaytarmikan umr bahori? Zar beshikka quyosh belandi Shoshma! – deb oy tongga elandi Tunu kunlar shunday ulandi Oqayotir yillar anhori Qaytarmikan umr bahori? Sochimizga qirovlar indi Baxt otiga birovlar mindi Dilda bo'lur so'roqlar tindi Qulamasdan hayot chinori Qaytarmikan umr bahori? Bahor! Bahor! Umr bahori! Orzularim, umid nahori! Bahor! Bahor! Umr bahori! Qaytarmikan umr bahori? Bahor! Bahor! Umr bahori! Orzularim, umid nahori! Bahor! Bahor! Umr bahori! Qaytarmikan umr bahori? To'lmay turib yuraklar muzga Uzrimiz bor munisa ko'zga Aytarmi do'st dil rozin bizga O'rtamizda turar devori Qaytarmikan umr bahori? Ko'ngil hanuz mehr so'raydi Sog'inchiga gullar o'raydi Muhabbatim deb yo'l qaraydi Bobirning ham tutdi xumori Qaytarmikan umr bahori? Bahor! Bahor! Umr bahori! Orzularim, umid nahori! Bahor! Bahor! Umr bahori! Qaytarmikan umr bahori? Bahor! Bahor! Umr bahori! Orzularim, umid nahori! Bahor! Bahor! Umr bahori! Qaytarmikan umr bahori? Bahor! Bahor! Umr bahori! Orzularim, umid nahori! Bahor! Bahor! Umr bahori! Qaytarmikan umr bahori?
Writer(s): Nasiba Abdullayeva Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out