Lyrics

Olov yashar yuragimda, alam qani, Bir tasalli yoki yupanch, malham qani, Qish chillasi qaqshatadi, ko'klam qani, Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina. Menga aytgan qo'shiqlari yolg'on ekan, Yo hammasi esdan chiqib qolg'on ekan, Sarvi bo'yni majnuntoldan olg'on ekan, Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina. Yondiradi, kuydiradi sanamgina, Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina. Yondiradi, kuydiradi sanamgina, Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina. Ey, kipriklarin nayzasiga fido bo'lay, Ko'z uchida qaraganda ado bo'lay, Sevaman, deb pichirlagan sado bo'lay, Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina. O, mohim mening, mohlardan ham suyugimsiz, Topganim, talpinganim, buyugimsiz, Kuygan dilim bir parchasi, kuyugimsiz, Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina. Yondiradi, kuydiradi sanamgina, Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina. Yondiradi, kuydiradi sanamgina, Qoshi qora, ko'zi qora qalamgina.
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out