Lyrics

Rosti do'stim, saf rost, Bugun qadamni dadil bos. Qalamda kelajakni yoz, Ertangi kun havasga mos. O'zgartirma fikringni, O'zingga bergan so'zingni. Koinotga uchaman degan Paymona armoningni. Kel, do'stim, qad rost, Dunyoga qilamiz taqqos O'zimizni sal, biroz, Olijanoblarga xos. Boshqalarga hasad qilma, Xudo bersin o'zingga. Harakatingni to'xtatma, Asling qaytsin naslingga. Bitta zarbi, nari ishlar, Bilakda bori aql. Orzu bozori – amal, Omadning yori – hozir. Rivojing oni, tiklan, O'zbek o'gloni, tur. Birga yonma-yonmiz, Birga kuch-to'zoni. Yugurib, chop, Keragida to'g'ri yo'lni top. Ko'rsat bir vaqtida bor de ish, Qo'lini qo'lga, tishga tish, Keragida o'zing namoyish. Bu "o'zbek power"! Bu "o'zbek power"! {} Adolatda kuch, zakovatda kuch. {} Ruhingni ko'tar xalqim, Dunyo miqyosiga qadar. Fursat borida hissangni qo'sh, Teran sol nazar. Dunyo bizni chetdan emas, Shu vatandan tanisin. Mahorati chakki emas Shu elatni tan olsin. Bu nima, u nima bilib qo'y, So'ng bittama-bitta amal qil. Dunyo talabiga qarab bor, O'zbek taxtini baland qil. O'zingni ko'rsatgin a'lo, Tarix nashrida qolsin. Bizdan oldingilar rizo, Keyingilar faxrlansin. Kel, do'stim, qad rost, Dunyoga qilamiz taqqos O'zimizni sal, biroz, Olijanoblarga xos. Boshqalarga hasad qilma, Xudo bersin o'zingga. Harakatingni to'xtatma, Asling qaytsin naslingga. Chop, Keragida to'g'ri yo'lni top. Ko'rsat bir vaqtida bor de ish, Qo'lini qo'lga, tishga tish, Keragida o'zing namoyish. Bu "o'zbek power"! Bu "o'zbek power"! {} Adolatda kuch, zakovatda kuch. {}
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out