Lyrics

Biz qudrating oldida bechoramiz, rost Kutilmagan, ko'rinmas baloni daf et! Sonsiz gunohlar uchun olmagin qasos Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et! Toju taxt, dunyo talash odamzod uchun Baloning ham tojdori yubording bugun Ahvolimiz ayanchli, holimiz yukun Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et! Osiylarga yuborgan ajdaringmi bu? Yo g'ofil qalbga sanchgan xanjaringmi bu? Nopoklikka qarshi yo lashkaringmi bu? Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et! Yagonam, Yagonam bizlarni avf et! Yagonam, Yagonam bizlarni avf et! Yagonam, Ollohim bizlarni avf et! Avf et! Avf et! Chigal dunyo ishlari yecholmas bir bek, Davosiz dardga Sensiz qo'yolmaydi chek. To'g'ri, ajaldan aslo qochib bo'lmas, lek Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et! Yerda ulovlar, ko'kda uchoqlar qani? To'y, bayramga atalgan o'choqlar qani? Mehr bilan ochilgan quchoqlar qani? Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et! Yagonam, Yagonam bizlarni avf et! Yagonam, Yagonam bizlarni avf et! Yagonam, Ollohim bizlarni avf et! Avf et! Avf et! Afsus, seni unutib shodon bandangmiz Biz notavon, biz noshud, yomon bandangmiz Faqat g'amda eslovchi nodon bandangmiz Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et! Tushda maktabin ko'rib bolam uxlaydi, Onajoni bag'rinda bag'rin tig'laydi, Ko'ngli masjid kabi bo'sh otam yig'laydi, Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et! Yagonam, Yagonam bizlarni avf et! Yagonam, Yagonam bizlarni avf et! Yagonam, Ollohim bizlarni avf et! Avf et! Avf et! Buni sensiz eplolmas mohirlaring ham, Taqdir deb jim, har nega qodirlaring ham, Botirligin unutdi botitlaring ham, Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et! Dardlar yosharib borar, orzular qarib, Bugun suratlar go'zal, siratlar g'arib, Huzuringga bosh urdik najot axtarib, Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et! Yagonam, Yagonam bizlarni avf et! Yagonam, Yagonam bizlarni avf et! Yagonam, Ollohim bizlarni avf et! Avf et! Avf et!
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out