Lyrics

Agar men har qayon bo'lsam Ko'ngil sendan judo bo'lmas Agar ming yil navo qilsam Sening darding ado bo'lmas Tilarman vaslini tinmay Necha yillar yurib sarson Borib ayting o'shal yorga Judoliqdek balo Bo'lmas Xaloyiqlarki ayturlar Bu dardinga davo yo'qdur O'zidan o'zga ey do'stlar Menga hech bir davo bo'lmas Manam Mashrab kecha kunduz Firoq dardida yig'larman Agar mashruq yuzin ko'rmoq Bu dunyoda ravo bo'lmas
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out