Lyrics

Ey do'stim, ey do'stim Davlating, imkoning bo'lsa Tulporing choparga maydoning bo'lsa Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa Eng avval otangni qadrini bilgin Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il Zeb-ziynat ustunmas ota-onangdan Mol-davlat ustunmas ota-onangdan Hashamat ustunmas ota-onangdan Maishat ustunmas ota-onangdan Eng avval otangni qadrini bilgin Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il Bugun qadah tutib turgan dilbarlar Yiqilsang, bir kunda tashlab ketarlar Odam bo'lib ortga solgin bir nazar Eng avval otangni qadrini bilgin Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il Oppoq sochlarida, sabr beshigi Ajinlar qatori, jabr beshigi Biz ochib kirmasak, mehr eshigin Qarsillatib yopsak, qadr eshigin Ulgur ochilmasdan qabr eshigi Eng avval otangni qadrini bilgin Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il Ey do'stim, ey do'stim Davlating, imkoning bo'lsa Tulporing choparga maydoning bo'lsa Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa Eng avval otangni qadrini bilgin Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il Bu dunyo nimadir, bu dunyo – o'yin Bugun yutsak, erta yutqazish tayin Boshqa ishingni qo'y, ey Ahad Qayum Eng avval otangni qadrini bilgin Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il Bor boyligu naqding shular emasmi? Bor davlatu taxting shular emasmi? Axir sening baxting shular emasmi? Eng avval otangni qadrini bilgin Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il Ey do'stim, ey do'stim Davlating, imkoning bo'lsa Tulporing choparga maydoning bo'lsa Manziling ko'zlagan karvoning bo'lsa Eng avval otangni qadrini bilgin Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il Eng avval otangni qadrini bilgin Eng avval onangga yaxshiliq qilg'il
Writer(s): Botir Qodirov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out