Lyrics

(Kulgu) (Radio) Oq odam! Odam odam! Qo'noq topdi tomorqamdan Namozshom tushish bilan U ohista tashlar qadam Oq odam! Quloqlarni ipga tizib, qilib marjon Bir ko'rimsiz besaranjom Bo'yinturuq taqvogan Mening itim bor edi Ismi edi Boyqadam Oq odam unga qildi hamla! Itimni o'marib ketdi, hamda Uni so'yib po'yib xoyna-hoy Bir piyola choy ustida Hamtovoqlari bilan ko'rdi baham Oq odam... Yo'l tanlamas botinkasi misli tank! (Priyom, Priyom, Burgut, aloqada chuvalchang) (Oq odam jangovar holda bosmoqda qadam, yo) Harbiy zobit siyib qo'ydi, Oq odam unga boqqan dam G'arbiy Toshkent Reyhi yarim tunda turdi tik Reichsmarschall Mirzohidov! Chest berar siygak zobit Sharqiy Toshkent Sovet Polki e'lon trevoga! Har zamon sos mushaklari otilardi havoga (Radio ovozi) Bir tomonda SS Bir tomonda NKVD Bir tomonda vasvas Bir tomonda qo'rquv edi Nogahon o'q otildi O't chaqnadi ketma-ket Dushman sezdi, razvedka! Jangga kirdi betma-bet Granata portladi Tilga kirdi avtomat Bir yonda butun bir polk Bir yonda mingta soldat Ikki yondan o'q yog'ar Olov yog'ar beshafqat Bir tomonda tahlika Bir tomonda jasorat O'rtada tekis kenglik O'rtada turar oq odam Bir tomonda yovuzlik Bir tomonda adolat Qancha davom etdi jang Bilar faqat qaro tun Bilar faqat oq odam Ammo ikkovi lol va gung Tongga yaqin tindi qor Quyuq tuman orasidan Qashlab boshin, shimarib qoshin Chiqib keldi oq odam Ko'ksi to'la qo'rg'oshin Uni ko'rib keldi g'ashim Tumanda yana kim bor? U yerda hech kim yo'q vobshem! Qon daryosi sohilida faqat yugurardi Boyqadam... (Keyin bu ekan tushim, uyg'onib ketdim birdan)
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out