Lyrics

Nogoh esgan shamollardan, Shubha-gumon, savollardan, Nogoh esgan shamollardan, Shubha-gumon, savollardan, Yolg'on, yomon xayollardan Asragayman seni, yorim. Jabru-jafo sitamlardan, Achchiq ko'z yosh, alamlardan, Ul hasadgo'y sanamlardan Asragayman seni, yorim. Sensan yorim, beg'uborim, Bir umrga vafodorim. Sensan yorim, beg'uborim, Bir umrga vafodorim. Xasta bo'lma, darmoningman, Safarlarda men zoringman. Xasta bo'lma, darmoningman, Safarlarda men zoringman. Baxtga o'rab har oning man, Asragayman seni, yorim. Ko'z tegmasin ko'zimdan ham, Jim turarman so'zimdan ham, Sevarman, lek o'zimdan ham Asragayman seni, yorim. Sensan yorim, beg'uborim, Bir umrga vafodorim. Sensan yorim, beg'uborim, Bir umrga vafodorim.
Writer(s): Sherali Jo'rayev Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out