Lyrics

Tun, menga berar azob Sen quyoshim botmagin Shu azobda uxlasam Yolvoray uyg'otmagin Hamma meni sotganda Sen ham meni sotmagin Tun menga berar azob Sen quyoshim botmagin Gulga qo'lim uzatsam Tikonlari sanchildi Yarim ko'nglim yolg'ondan Ado bo'ldi yanchildi Zulmatga qo'yma meni Ularday sen ham endi Tun menga berar azob Sen quyoshim botmagin Yolg'izdirman dunyoda Mening sirdoshim yo'qdir Yorning har yolg'oninga Chidar bardoshim yo'qdir Endi mening ko'ksimda Yonar quyoshim yo'qdir Tun menga berar azob Sen quyoshim botmagin Shu azobda uxlasam Yolvoray uyg'otmagin Qaro tunlar qaxrini Kim ham bilar mendayin Yolg'on vafo zaxrini Kim ham bilar mendayin Sening hech botmasliging Kim ham tilar mendayin Tun menga berar azob Sen quyoshim botmagin
Writer(s): Gulsanam Mamazoitova Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out