Music Video

Sweet Memories
Watch {trackName} music video by {artistName}

Lyrics

Kunlar o'tar, oylar o'tar, balki yillar ham, Jonginamni olib ketib shirin joningdan. Rasming quchib yig'lamasman balki o'sha kun, Seni bir kun unutaman, ketib dunyodan. Kulgichlaring olib qo'ydim qanday yuzingdan, Kechir! Ming bor uzr aytgan har bir so'zimdan. Chida, o'zi zo'rg'a urib turibdi yurak, Seni bir kun unutaman, ketib dunyodan. Ketdi, tuyg'ularim yonib o'tlarda, Muhabbat bog'iga gul ekmay qo'ydim. Unut degan so'zni, aytma yolg'izim, Seni bir kun unutaman, ketib dunyodan. Ketsang sog'inchingga chidayman arang, Kelsang, yurak to'xtab qolsa netayin. Unutish gar kerak bo'lsa, qara o'zim bor, Seni bir kun unutaman, ketib dunyodan. Baxt so'zini lug'atimdan ketdim o'chirib, Es hushimdan hayollarni ketdim ko'chirib. Ajrotolmay seni ko'rsam, tushmi ro'yodan, Seni bir kun unutaman, ketib dunyodan. Endi ozor bermayman, yoningda qolib, Qaytib meni hech kim eslamasa bas. Sevgim uvol bo'lgan mitti yuragim olib, Seni bir kun unutaman, ketib dunyodan. Allohimdan so'ragan, pok orzularim, Bugun kaftim chizig'ida, to'kilib ketdi. Ishon, bir kun shu dunyoni berib qo'lingga, Seni bir kun unutaman, ketib dunyodan.
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out