Lyrics

Qismat hasratimga qo'ydi uch nuqta Ko'ksimni yondirdi lovullagan cho'g' Bitta ko'rib olay bir nafas to'xta Ko'zingni men qaytib ko'ramanmi, yo'q To'xta qaytib beray mehringni ol ma Endi begonasan jonim tasadduq Xalaqit bermayman xavotir olma Sen tushgan joylarga kelamanmi, yo'q Hay-hay o'lan, jon o'lan, jonim o'lan Yor-yor aytib beray to'yingda sho'x-sho'x Lekin birov ko'rsa nima der ekan? Shu uchun to'yingga ham boramanmi, yo'q Hay-hay o'lan, jon o'lan, jonim o'lan Yor-yor aytib beray to'yingda sho'x-sho'x Lekin birov ko'rsa nima der ekan? Shu uchun to'yingga ham boramanmi, yo'q Hazil niyatmas ortiqcha aldov Xohlasang qalbimni qoldiray to'liq Endi menga ko'ngil kerak bo'lmasov Men yana birovni sevamanmi, yo'q Afsus, afsuslar ham anduhdek malol To'g'ri nishoniga borib tekkan o'q Yaxshisi yig'latma, kel kuldiraqol Kim biladi boshqa kulamanmi, yo'q Hay-hay o'lan, jon o'lan, jonim o'lan Yor-yor aytib beray to'yingda sho'x-sho'x Lekin birov ko'rsa nima der ekan? Shu uchun to'yingga ham boramanmi, yo'q Hay-hay o'lan, jon o'lan, jonim o'lan Yor-yor aytib beray to'yingda sho'x-sho'x Lekin birov ko'rsa nima der ekan? Shu uchun to'yingga ham boramanmi, yo'q Faqat sen baxtiyor bo'lishing kerak Menmi, bir gap bo'lar, ko'nglingni qil to'q 19 yoshimda qon bo'ldi yurak Hali yigirmaga kiramanmi, yo'q Hay-hay o'lan, jon o'lan, jonim o'lan Yor-yor aytib beray to'yingda sho'x-sho'x Lekin birov ko'rsa nima der ekan? Shu uchun to'yingga ham boramanmi, yo'q Shu uchun to'yingga ham boramanmi, yo'q
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out