Lyrics

Yarim tunda og'risam Bir soat dardimni bildi Mushtiparim munisam Onam qo'ng'iroq qildi Tushimga kiribsan deb Sal og'rib qolibsan deb Qay holda yuribsan Onam qo'ng'iroq qildi Yoru do'sting dardi sen Faqat onam g'amim yer Bolam omonmisan deb Onam qo'ng'iroq qildi Yoru do'sting dardi sen Faqat onang g'aming yer Onam qpng'iroq qildi Yilda bir yuz kurmadim Nega yo'qlab qo'ymadim Nega qo'ng'iroq ham qilmadim Onam qo'ng'iroq qildi So'zlari yo'talgan ovoz Darddan qilmas etiroz Meni o'ylaydi xolos Onam qo'ng'iroq qildi Uyalib ketdim o'zim Yoshlandi ikki ko'zim Bo'g'zimdan chiqmas so'zim Onam qo'ng'iroq qildi Mehri ko'p men satangning Yurak yondi alamga Sovg'am bor deb bolangga Onam qo'ng'iroq qildi So'rab molu holimni Turmushimni korimni Qizim deydi yorimni Onam qo'ng'iroq qildi Qarib ketdi kulfat ham Tark etdi dard g'urbat ham G'animat shu suhbat ham Onam qo'ng'iroq qildi Telefonni sindiray Diydoriga ulguray Men yoniga ulguray Men yoniga yuguray Onam qo'ng'iroq qildi
Writer(s): Doston Ergashev Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out