Lyrics

Endi siz deb boshimni Toshga urib yormayman Sindirsa ham doshimni To'yingizga bormayman Kulbamdaman ko'zda nam Bayt bitaman g'ij-g'ij g'am Tongda o'lib qolsam ham To'yingizga bormayman Alamdaman ahvol tang Yurak urmoqda arang Chiroqlari rangbarang To'yingizga bormayman Hijron jabri jonimda Ishq yig'laydi yonimda Yaxshimda, yomonimda To'yingizga bormayman Aldamchim ayyoramsiz Qo'l yetmas sayyoramsiz Zarga ko'ngil sotgan qiz To'yingizga bormayman Tamom siz deb boshimni Toshga urib yormayman Falon hofiz kelsa ham To'yingizga bormayman Baxtli bo'ling, bor bo'ling Yod qo'l tutgan tor bo'ling Bir kun menga zor bo'ling To'yingizga bormayman Bo'ldi ko'nglim ishq demas Ishqsiz ko'ngil pand yemas Taklifnoma shart emas To'yingizga bormayman Aldamchim ayyoramsiz Qo'l yetmas sayyoramsiz Zarga ko'ngil sotgan qiz To'yingizga bormayman Aldamchim ayyoramsiz Qo'l yetmas sayyoramsiz Aldamchim ayyoramsiz Qo'l yetmas sayyoramsiz Zarga ko'ngil sotgan qiz To'yingizga bormayman Zarga ko'ngil sotgan qiz To'yingizga bormayman
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out