Lyrics

(Meni eslab) (Meni eslab) (Meni eslab) Meni eslab gohida Sog'inchlari ohida Xudoning panohida Yurgandir-a yurgandir Dardlar unib ichidan Ko'ngli to'lmay kechidan Hasratlarni kuchidan So'lgan gul-a, so'lgan gul Kipriklari bo'lib nam Yuragini bosib g'am Tiriklayin o'lib ham Ko'mgandir-a ko'mgandir Ishqi bo'lmay birovda Joni yonib olovda Har bir kuni so'rovda Kuygandir-a kuygandir Kuygandir-a kuygandir Ko'ngli to'lmay yoridan O'tar chiqib zoridan Qochib sevgi doridan Yurgandir-a yurgandir Sog'indim guvoh samo Menga yetmaydi havo Bu dardga bormi davo? Kuygan dil-a kuygan dil Unutmoq asli o'lim Yurakdan uzilgan gulim Tutashmas endi yo'lim Suygan dil-a suygan dil Joniga qilib jabr Ko'ksidan qazib qabr Xudodan so'rab sabr Yurgandir-a yurgandir Yurgandir-a yurgandir Yurakni eng ostiga Toshlar qo'yib ustiga Muhabbatim ko'ksiga Ko'mgandir-a ko'mgandir O'zga uyda oy bo'lib O'zga dilga joy bo'lib Sevgi sotib boy bo'lib Kuygan dil-a kuygan dil Qumsab dili yomonni Bir umrlik armonni Sog'inib Kamronni Yurgandir-a yurgandir Meni eslab gohida Sog'inchlari ohida Xudoning panohida Yurgandir-a yurgandir Dardlar unib ichidan Ko'ngli to'lmay kechidan Hasratlarni kuchidan So'lgan gul-a so'lgan gul So'lgan gul-a so'lgan gul
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out