Lyrics

Yeah Qorong'i tun, olisdan ko'rinadi darcha Chiroq yoniq, xonasida qiz yolg'iz qalbi parcha Urinmasinda harchan, sevgan insoni bilan bog'lana olmas Afsus, bejavob qo'ng'iroq va xabarlar barcha Estalikga tushgan suratlarni qo'lga oladi Xo'rsinib mungli kuy-taronaga quloq soladi Tushgunlikda qoladi, yeb tamom qilgan ichin "Unut" deb yozilgan maktubga termo'lib ko'zi to'ladi Xavotirda topa olmas qo'ygani joy o'zin Lol-u hayron tinglab yaqin dugonalar so'zin Aytishlaricha, ko'rishganmish allakim ila Qo'l ushlashib yurganmish, silarmish o'sha qiz yuzin Sho'rlikni bunga sira ishongisi yo'q Ko'ksida cho'g', otiladi o'q Boshi qotgan, ne qilarin bilmas Yigitni esa o'zga bilan vaqti chog' Toma-toma uni ko'z yoshlari bo'ldi okean Orzulari armonga aylanganidan keyin Axir, yarim bo'lagidan ajralishi qiyin Yigitga bo'lsa baribir, qiz xoli bir tiyin Oyna ortida fasli bahor, vujudida kuz Mana necha kunki mijja qoqmas, totmaydi tuz "Qizim umidingni uz, tushun u ortga qaytamaydi" Der onasi, g'amginligin aks etib ma'yus yuzi Qizcha davoman o'zini azob qo'liga tutadi Shirin xotiralarni yod olib, a'lamlar yutadi "Qanday unitadi meni, axir meni sevar ediku!" Deb umid qilib, yana yorini daragin kutadi Tushungisi kelmaydi, ishq shamoli yelmaydi "Sevgilim" deb xar kuni erkalab quvonchlarga berilmaydi Bilmaydi, aslo qizni iztirob chekayotganini Endi va'da berganidek uni baxtli qilmaydi Sho'rlikni bunga sira ishongisi yo'q Ko'ksida cho'g', otiladi o'q Boshi qotgan, ne qilarin bilmas Yigitni esa o'zga bilan vaqti chog' Toma-toma uni ko'z yoshlari bo'ldi okean Orzulari armonga aylanganidan keyin Axir, yarim bo'lagidan ajralishi qiyin Yigitga bo'lsa baribir, qiz xoli bir tiyin Toma-toma uni ko'z yoshlari bo'ldi okean Orzulari armonga aylanganidan keyin Axir, yarim bo'lagidan ajralishi qiyin Yigitga bo'lsa baribir, qiz xoli bir tiyin
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out