Lyrics

Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik Odamlar nima deydi? O'zingni bosvol, hammaga o'xsha Yig'ishtir! Qanaqa muzika? Qanaqa san'at? Muhimroq hammadan o'qishing Odamlar nima deydi? Katta bo'pqoldingku! Qachonga to'y endi? Qanaqa ish? Karyerangni qo'y endi Shu yoshdayam endi qanaqa o'yin bu, ey? Yig'ishtir tepishni koptok! Qanaqa futbalist? Ishingni top давай! Qanaqa boks? Qanaqa kurash? Shunchasi chempion bo'pqoptimi? Odamlar nima deydi? Bu yil ham bolasi o'qishdan qoptimi? Senga shuncha umrimni yo'qotib Natijasiga men shuni topdimmi? Odamlar nima deydi? Indama, gapirma, ko'tarma boshni Qattan bo'sayam topish kere to'yga Nima deydi qo'ni-qo'shni? Zo'r qil oshni! Odamlar nima deydi? Tengdoshmi? Kelin qimiman sinfdoshni! Odamlar nima deydi? Qilma ko'z yoshlar, qizim joyingda qolgin toshday Indama, gapirma urushsa, ichishsa, o'tib ketadi Hali sevadi, vaqt o'tadi Farzand bo'gandan keyin o'zgaradi Qaytib kema qizim, gap so'zla keremas Nima deysan endi? Hayot shundayda Joninga qasd? Nima qiganing bu? Odamlar nima deydi? Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik Ha! Odamlar nima degan edi? Yaqinla xuddi begonadey Ishing bu o'yin, jiddiy emassan Qo'llab-quvvatlagan kam edi Odamlar nima degan edi? Axir, ular biladigan edi Sen o'zin yo'lingni izlab qiynalasan Battar qiladi yanada, a Lekin menga farqi yo'q Biz tomonda ham chiqar quyosh Ko'rsatmasdan ko'zlarda yosh Yiqilsang tepadiganlar tayyor Har kuni top mativatsiya tur Yomg'ir ostida taksi tut Metro, institut, stipendiya kut Hammasi bo'ladi good! Yurakda bo'lsa orzu Barcha gap-so'zlar ortda qolar Unga yetganda bir zum O'zgaradi mavzu, erishganda O'shanda odamlar nima degan edi? Endi muhimmas u Endi muhimmas u Odamlar nima deydi? Hayotingni ulardan uzoqda qur Odamlar nima deydi? Ko'p o'ylasang, demak bo'ladi haq u! Odamlar nima deydi? Deb o'ylasang yashamaganing ma'qul Odamlar hardoim nimadir deydi! Sen bu gaplarga bo'lma qul! Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik Odamlar nima desa desin, yashaylik Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik Odamlar nima desa desin, tashaylik Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out