Lyrics

Qora cho'g'larimdan qoraydi hijron, Yosh bilan yuvildi qayrilma mujgon. Yurak talpinadi yolg'iz sen tomon, Sensiz kelar bo'lsa, bahorim yolg'on. Muhabbat bog'ladi yuragimizni, Nurga cho'miltirdi tilagimizni. Sevib sehrlangan ertagimizni Sog'inib kelmasa, nahorim yolg'on. Asrasin-asrasin, Allohim asrasin, Joningni yomondan Tangrim asrasin. Asrasin joningni sevgim tumori, Oshufta ko'nglimning sultoni, bori. Uzilmasin ishqning sozlangan tori, Agar saqlolmasa, qarorim yolg'on. Yolg'on, yolg'on... Asrasin-asrasin, Allohim asrasin, Joningni yomondan Tangrim asrasin. Kelarsan nur bo'lib gulistonimga, Barham berib dardli ohu-zorimga. Kutaman toqatlar tilab jonimga, Shunda bo'lar bari armonim yolg'on, Yolg'on. Asrasin-asrasin, Allohim asrasin, Joningni yomondan Tangrim asrasin. Sen mening yurakda oqqan qonimsan, Jonim sezolmayman – tanda jonimsan. Sog'inch o'ldirmasdan kel, madorimsan, Kelmasang, quyoshli osmonim yolg'on. Asrasin-asrasin, Allohim asrasin, Joningni yomondan Tangrim asrasin.
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out