Lyrics

Narxi qancha mehrni ayting? Hammasini sotib olaman Oqibati bor ostonaga Kerak bolsa yotib olaman Narxi qancha mehrni ayting? Hammasini sotib olaman Oqibati bor ostonaga Kerak bolsa yotib olaman Qayda mexr bozori ayting? Olib beray mehr sizlarga Kerak bo'lsa yurib uyma-uy Ulashaman bag'ri muzlarga Narxi qancha mehrni ayting? O'zim olay yetsa imkonim Yetsa qo'lim yetmasa jonim! Narxi qancha mehrni ayting? Mehringizdan mayli bir hovuch Bering yetim go'daklar uchun Ko'zlarida o'kinch va ilinj Mehrga zor yuraklar uchun Mehr izlab dunyoni kezdim Olishimga bormi qarshilar? O'zimga ham kerakdir biroq... Ilinaman sizga yaxshilar Mehr bormi eski bo'lsa ham? "Yo'q" degan so'z yomon nechog'liq Bu o'tkinchi dunyoda mehr Nahot bo'lsa cho'ntakga bog'liq Bilolmarim mehrni narxin Mehr sotilmas ekan pulga Go'yoki biz savdogarlardek Mehr izlab chiqganmiz yo'lga Narxi qancha mehrni ayting? O'zim olay bo'lsa imkonim Yetsa qo'lim yetmasa jonim! Narxi qancha mehrni ayting? Narxi qancha mehrni ayting? (Ayting) O'zim olay yetsa imkonim Yetsa qo'lim yetmasa jonim! Narxi qancha mehrni ayting?
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out