Lyrics

Shodon demang labim kular, dilim vayron Amal ekan, jasadimdan xavotirman Jayron kabi jonim uchun hushim hayron Qabrdagi suhbatimdan xavotirman Tinim bilmay zulm qilar makkora nafs Otash sari yetaklaydi hoyu-havas Savoblarim gunohimga kelgaymi bas? Kecha-kunduz g'aflatimdan xavotirman Xavotirman Qiyomatda savollardan xavotirman Qiyomatda savollardan xavotirman Umr shamdek yonib-yonib tugar oxir Ikki malak yelkam uzra mudom hozir Neki amal qilgan bo'lsam bari zohir Menga bo'lar savolimdan xavotirman Fano ichra intihosin topsa yo'lim Shabbodatini aytarmikan sarkash dilim? Borar joyim bo'larmikan sokin, so'lim? Qabr tomon borarimdan xavotirman Xavotirman Qiyomatda savollardan xavotirman Qiyomatda savollardan xavotirman
Writer(s): Jaloliddin Ahmadaliyev Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out