Lyrics

Kerilma ketguchi ko'rkam savlating Dovrig'ing shuhrating moling davlating Ajalga hech kimsan kelsa navbating Tuproqdan bo'lgansan tuproq bo'lasan Kun kelib tark etar bilagingni kuch Joningga har qadam dardlar kelar duch Ey o'zin zo'r bilgan bilsang bir hovuch Tuproqdan bo'lgansan tuproq bo'lasan Tulporda yursangda yursangda yayov Ersangda mushtumzo'r yo sodda bayov Bu dunyo besh kunlik hech qilmas ayov Tuproqdan bo'lgansan tuproq bo'lasan Bu dunyo besh kunlik hech qilmas ayov Tuproqdan bo'lgansan tuproq bo'lasan Bu dunyo dalloli aldamchi bozor Ayt kimni quchmagan tuynuksiz mozor Bu dunyo dalloli aldamchi bozor Ayt kimni quchmagan tuynuksiz mozor Qo'y buncha kuyinma qo'y chekma ozor Tuproqdan bo'lgansan tuproq bo'lasan Ishq dilga Olloddan etilgan ehson Suy-suyil jismingni yot etguchi jon Baxtli bo'l baxtli et omonat har on Tuproqdan bo'lgansan tuproq bo'lasan Tuproqdan bo'lgansan tuproq bo'lasan Kerilma ketguchi ko'rkam savlating Dovrig'ing shuhrating moling davlating Ajalga hech kimsan kelsa navbating Tuproqdan bo'lgansan tuproq bo'lasan Tuproqdan bo'lgansan tuproq bo'lasan
Writer(s): Jaloliddin Ahmadaliyev Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out