Lyrics

Ba'zan qo'rqaman kimligim unutganda Qo'rqaman uyg'onmaslikdan g'aflatda tun o'tkanda Men ahmoq qo'rqmiman ba'zan vijdon uyg'onmasa Qo'rqaman internetim yo'qolsa, telefon yonmasa Yolg'izlikdan qo'rqaman счёт'im minusda bo'ganda O'limdan, chunki yomon yo'lda men usta bo'gandim! Qo'rqaman счёт bo'sayu, telefonni hech kim ko'tarmasa Men trek chiqarmasamchi, sen eslab o'tarmisan? Narxlar bilan oshadi, tashvishlarim Betda kerakmas Mozart, qadrsiz musiqa, kashvishlarim Qo'rqaman, musiqam bilan oilam eplolmaslikdan Xuddi sen qo'rqqaning kabi, trackni bepul olmaslikdan Qo'rqaman, bu bozorda vijdonni yo'qotishdan Qo'rqaman, ma'naviy tarafdan oqsash yoki qotishdan Ko'ngilsiz ablax bo'lmay zabt etilarmi cho'qqilar? Qanday qilib ham oilamni, ham vijdonni to'q qilay? Ko'rdim ko'p joylarni, dengizu-sohil Har xil odamlarni, Zuhroyu-Tohir Nassib qildi o'qish, ishlash, dam olish Nassib etdimikin, odam bo'lish? Bo'ldim uzoqda, bo'ldim musofir O'zlashtirdim oson har bitta soha Hohlagan kasbga diplom ham olish Hammasidan qiyin ekan, do'stim odam bo'lish! Yolg'izman, lekin necha bor to'ldirdim-ku zallar Yolg'izman, lekin fan clubimni to'ldirdi go'zallar 50,000 do'st Instagramda lekin yolg'izman, siqilganda Va yaxshiyam yolg'izman, yiqilganda! Qanday omon qolish mumkin, dil bilan tilni bir qilib? Ko'rdim, Farishtalar Iblis bo'ldi, qanotlari qirqilib Qanchalar qiyin, yaqinlarga doim yaqin bo'lish Yo'qolmasdan, oilang bilan Xudo bergan haqqini bo'lish! Qo'rqaman, men ishonchni oqladimmi rasman? Axir, baksyor, diplomat, yurist, bankir emasman Har doim urindim ayamni qilish uchun happy Va baxtli bo'ldim, g'urur bilan deganlarida o'glim rapper Bu safaram aytolmadim eng muhimin Konsta rapper bu - bir odammas, bu ancha keng, bu hamma Bu trekni oldin ham aytgandim, bugun ham aytaman Bu mavzu hech qachon tugamas Ko'rdim ko'p joylarni, dengizu-sohil Har xil odamlarni, Zuhroyu-Tohir Nasib qildi o'qish, ishlash, dam olish Nasib etdimikin, odam bo'lish? Bo'ldim uzoqda, bo'ldim musofir O'zlashtirdim oson, har bitta soha Hohlagan kasbga diplom ham olish Hammasidan qiyin ekan, do'stim odam bo'lish!
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out