Lyrics

- Voy, Shaka! Yetar hamma joy-joyiga... (May ichsang, oqil-u dono bilan ich) (Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich) (Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich) (Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich) Bir qo'lda Qur'on-u, bittasida jom Ba'zida halolmiz, ba'zida harom Feruza gumbazli osmon ostida Na chin musulmonmiz, na kofir tamom Men keldim-u, dunyo ko'rdimi foyda? Ketsam martabasi osharmi? Qayda! Hech kim tushuntirib bera olmadi: Kelishim - ketishim sababi qayda? Dedim, endi mayi-gulgun ichmayman May tok qoni, men xun ichmayman Keksa qalbim aytdi: "Shu gaping rostmi?" Dedim: "Hazillashdim, nechun ichmayman?" Sen bo'lsang-u, men bo'lsam-u, may bo'lsa (Uha) O'rtada bir qizil gul ham nay bo'lsa (Uha) Nayni chalib navo qilsang nozanin Jon bermoqqa yurakkinam shay bo'lsa (Muah) O'ylama pulsiz-u nochor ichmayman Rasvolikdin qilib yo or ichmayman Men mayni dilxushlik uchun ichardim Bu kun-chi, qalbim-da sen bor ichmayman! May ichsang, oqil-u dono bilan ich Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich Tong chog'ida turgil, nozanin go'zal Maydalab ichaylik, rubbobingni chal Dunyoda bor odam uzoq turmaydi Ketganlari qaytib kelmas hech mahal Mastni ta'na qilma, ichmasang sog'ar G'iybat - doston qilma, bo'lma hiylagar Kekkaya ko'rma hech may ichmayman deb Sening qilmishlaring bundan beshbattar May ichsa gado ham sulton bo'ladi Tulki ichsa, sheri xoron bo'ladi Yosh ichsa keksalik sharafin quchar Keksa ichsa yosh-u, chaqqon bo'ladi Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam Maydan yechilmagan biror tugun kam Bir qultum may ichgan bo'lsaydi Shayton Ming sajda qilardi odamga ul ham (Bir qultum may ichgan bo'lsa Shayton) (Ming sajda qilardi odamga ul ham) (Bir qultum may ichgan bo'lsa Shayton) (Ming sajda qilardi odamga ul ham) (Bir qultum may ichgan bo'lsa Shayton) (Ming sajda qilardi odamga ul ham) (Bir qultum may ichgan bo'lsa Shayton) (Ming sajda qilardi odamga ul ham) - Oh, Jon, bilsang bugun faqat Shaka uchun raqs tushaman! Shaka! Shaka!
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out