Lyrics

O'sha yulduz - o'sha yulduz, so'nmadi hali hanuz Lek yuzin zab berkitdiyu sayyoramga keldi kuz Uzluksiz ul zulfi bilan ob havoyim boshqarar Qarorgohim u yulduzga umidsizlarcha mahbus Tuzdek qotgan ko'zlarimga shu'lasi yetgaymikin Muzdek qalbim ashulasidan erib ketgaymikin Men ne yo'ldoshdirman-ki ul yulduzga hamxona To'qnashsammikan yo, gravitatsiya bahona Goho kimlar ozib-yozib, yonidagi qizlariga Yulduzlarni uzarman der, go'yo ular izmlarida Koinot, lek afsus yo'q bunday tizim Zimiston bo'lardi ko'k, yulduzlarni uzganimizda Kezi kelib quyoshni ham uzib olsak gar Saharimni qaytar deb jo'sh urardi shaharlar Men yaxshi repper, lek sariq chaqa qaro ko'nglim Sen bir tiyinlik repper, lek taratgan nuring so'lim Yulduzimsan, samolardan nur sochgan Gulyuzim Yulduzimsan O'sha Shaka, o'sha Shaka, uchar raketadaka Bir yuz ellik million kilometr bir o'zi falakda yakka Butun umri uvolmasdir manziliga yetmakka, lek Ne yuzqarolik turtkiladi uni uchib ketmakka? Koinotda musofir u, goh soxta, goh haqiqiy u Yurtdan ayro kimsa vayron, xoh muslim xoh yahudiy u Kamina Tohirdir u Yulduz Zuhro bo'lsa gar Aylanib o'rgilib, oxir talpinaman ul qadar Yulduzimsan, samolardan nur sochgan Gulyuzim Yulduzimsan Yulduzimsan Somon yo'lidan qochgan gulyuzim Yulduzimsan Yulduzimsan Gulyuzimsan Yulduzimsan Yulduzimsan
Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out